AQShda o‘zga sayyora kosmik kemalari bor - sobiq razvedkachi

AQShda o‘zga sayyora kosmik kemalari bor - sobiq razvedkachi

AQSh hukumati yashirin harbiy dastur doirasida o‘zga sayyora kosmik kemalarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda AQSh Milliy geofazoviy razvedka agentligi sobiq xodimi va Harbiy havo kuchlari veterani Devid Grash "NewsNation" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bular <...> kelib chiqishi yer sayyorasiga yot bo‘lgan texnik transport vositalari, agar xohlasangiz, ularni kosmik kemalar deb atang, yerga qo‘ngan yoki halokatga uchragan ekzotik transport vositalaridir”, – fikr bildirdi Grash.

Sobiq razvedkachining so‘zlariga ko‘ra, unga “hukumatning kuchli himoya ostidagi ba’zi sirlari” ishonib topshirilgan. Uning ta’kidlashicha, Amerika hukumati o‘nlab yillar davomida o‘zga sayyoraliklar kemalarini ta’mirlab kelgan.

Ammo Grash milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan bu borada biron bir dalil taqdim etishdan bosh tortdi.

May oyi oxirida Stenford universiteti professori Garri Nolan Nyu-Yorkda mazkur mavzu doirasida bo‘lib o‘tgan konferensiyada o‘zga sayyoraliklar allaqachon Yerga tashrif buyurganini va odamlar ularga duch kelganini, biroq kim bilan muloqotga kirganini tushuna olmaganligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!