AQShda tahsil olayotgan yosh mutaxassislarimiz bilan muloqot qilindi

AQShda tahsil olayotgan yosh mutaxassislarimiz bilan muloqot qilindi

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Xasanov AQShda tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi.

Muloqot avvalida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani ta’kidlandi.

Davlat xizmatiga iqtidorli yoshlarni jalb qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Yoshlarimiz kelajak rejalari haqida gapirdi. O‘zbekistondagi qator soha va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha tashabbus va takliflarini bildirishdi.

Shuningdek, ular davlatimiz rahbari tomonidan o‘ziga berilgan imkoniyat uchun minnatdorligini bildirishdi. Mamlakatidagi islohotlarni ijobiy baholab, tahsili tugashi bilan o‘z vataniga qaytib, jadal islohotlar ishtirokchisi bo‘lish maqsadlari qat’iyligini ta’kidlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!