AQShda odam sochidan yupqaroq robot ishlab chiqildi

AQShda odam sochidan yupqaroq robot ishlab chiqildi

Robotlarning eni taxminan 20 mikrometrni tashkil etadi – bu odam sochidan bir necha barobar yupqa. Ular soniyasiga taxminan uch millimetr masofani bosib o‘tishga qodir. Olimlarning qayd etishicha, kelajakda bunday robotlar yordamida zararlangan organga dori vositalarini operasiyasiz yetkazish mumkin bo‘ladi.

Robotlar biomoslashuvchan polimerlardan ishlab chiqilgan. Ular uchta kichik qanot bilan jihozlangan.

Har bir robot kichik havo pufakchasini olib yuradi. Akustik maydon ta’sirida pufakchalar tebranishni boshlaydi va robotni oldinga siljitadi.

Tajriba doirasida olimlar robotlar vositasida sistitni yoki qovuqning yuqumli bo‘lmagan yallig‘lanishini davolashdi.

Olimlar steroid preparatining yuqori konsentrasiyasini tashuvchi bir necha ming robotlarni ishlab chiqishdi. Keyin ular laboratoriya sichqonlarining siydik pufagiga kiritishdi.

Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, mikrorobotlar organlar bo‘ylab tarqalib, keyin siydik pufagi devorlariga yopishib qoldi. Ikki kun davomida ular asta-sekin preparatni olib chiqishdi, deb xabar bermoqda mir24.tv.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!