AQShda noma’lum xaker suv orqali aholini zaharlamoqchi bo‘ldi

AQShda noma’lum xaker suv orqali aholini zaharlamoqchi bo‘ldi

AQShning Florida shtatida joylashgan Oldsmar shahrining suv tozalash tizimiga noma’lum xaker hujum uyushtirdi. CNN xabariga ko‘ra, u suvdagi ishkor miqdorini oshirgan.

Polisiya vakili Bob Gualtyerining aytishicha, xaker masofadan suv tozalash tizimiga kirib, suvdagi natriy gidkrosid miqdorini 100 baravardan ortiqqa oshirib tashlagan. Tizim operatori holatni sezib qolgan va o‘sha zahoti suvdagi ishqorni xavfsiz darajaga tushirgan.

Dragos Inc kiberxavfsizlik kompaniyasi direktori Robert Li operatorning aralashuvi jiddiy oqibatlarning oldini olganini, bunday turdagi hujum eng xavflisi ekanligini ta’kidladi. Ma’lum bo‘lishicha, zaharlangan suvning tizimga tushishi uchun 24 soatdan 36 soatgacha vaqt kerak. Hodisani tekshirish uchun Federal qidiruv byurosi xodimlari jalb etildi.  

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, natriy gidroksid bilan zaharlanishda nafas olishning qiyinlashishi, o‘pkaning yallig‘lanishi, tomoqning shishishi, qattiq qorin og‘rig‘i, ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi va qon bosimining tushishi singari belgilar kuzatiladi. Qizilo‘ngach va oshqozonning zararlanishi esa haftalab davom etishi va hatto o‘lim bilan tugashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!