AQShda asosiy stavka 2006 yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi

AQShda asosiy stavka 2006 yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi

AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) asosiy stavkani 0,25 foizga oshirib, 4,75-5,0 foizgacha ko‘tardi. Bu stavkaning 2006 yildan beri eng yuqori darajasi va ketma-ket to‘qqizinchi oshishi.

Regulyator xabarida aytilishicha, AQShda inflyasiya yuqoriligicha qolmoqda va pul-kredit siyosatini qo‘shimcha qat’iylashtirish maqsadga muvofiq. FZT joriy yil uchun inflyasiya prognozini 3,1 foizdan 3,3 foizga oshirdi, shu bilan birga 2024 yil uchun prognozni 2,5 foiz darajasida saqlab qoldi.

Joriy yil va 2024 yil uchun YAIM prognozi 0,5 foizdan 0,4 foizga va 1,6 foizdan 1,2 foizga tushirildi. 2023 yil uchun ishsizlik prognozi 4,6 foizdan 4,5 foizga pasaytirildi, 2024 yil uchun esa 4,6 foiz darajasida saqlab qolindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!