AQSh va YEI G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga hujumlari bilan tanilgan ekstremistga sanksiyalar joriy etdi

AQSh va YEI G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga hujumlari bilan tanilgan ekstremistga sanksiyalar joriy etdi

AQSh Davlat departamenti o‘z guruhining bosib olingan G‘arbiy Sohilda falastinliklarga hujumlari bilan tanilgan ekstremist muhojir Benzi Gopshteynga nisbatan sanksiyalar joriy qildi, deya xabar bermoqda TRT.

Juma kuni Qo‘shma Shtatlar ekstremist ko‘chmanchi, Lehava tashkilotining asoschisi va rahbari Benzi Gopshteynga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ushbu ekstremistik guruh bosib olingan G‘arbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlik amaliyoti bilan mashhur. Gopshteynning sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shilishi Davlat departamenti bayonotida e’lon qilingan. Gopshteyn, shuningdek, o‘zining o‘ta o‘ng qarashlari bilan tanilgan Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning ishonchli odami.

"Gopshteyn boshchiligida “Lexava” va uning a’zolari falastinliklarga qarshi harakatlar yoki zo‘ravonlik tahdidlari bilan shug‘ullangan, ko‘pincha nozik yoki beqaror hududlarni nishonga olgan", - deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida.

Shuningdek, AQSh moliya vazirligi sanksiyalar ro‘yxatiga ikkita yangi tashkilot – “Xevron tog‘i” (Mount Hebron Fund) va «Shlom Asirayx» (Shlom Asiraich)ni ham kiritdi. Agentlik ularni AQShning yana ikki ko‘chmanchiga nisbatan joriy qilgan sanksiyalarini buzganlikda ayblamoqda.

Mount Hebron Fund 1 fevralda sanksiyaga uchragan Yinon Levi nomidan mablag‘ yig‘ish kampaniyasini uyushtirdi. Tashkilot uning uchun 140 ming dollar ekvivalentini yiqqan. Ben-Gvirning shtab boshlig‘iga yuridik xizmat ko‘rsatuvchi Shlom Asiraich tashkiloti 1 fevral kuni bosib olingan G‘arbiy Sohilda zo‘ravonlik sodir etgani uchun sanksiya joriy etilgan shaxs – David Chaya Chasdaya uchun 31 ming dollar yiqqan.

“Biz so‘nggi kunlarda G‘arbiy Sohilda zo‘ravonlik avj olganidan chuqur xavotirdamiz va Isroilni ekstremistik ko‘chmanchilar hujumlarining oldini olish hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun barcha choralarni ko‘rishga chaqiramiz”, - deyiladi AQSh tashqi siyosat departamenti bayonotida.

Evropa Ittifoqi ham bir qator ekstremistik tashkilotlarga, jumladan, “Lexava”ga, shuningdek, falastinliklarga qarshi hujumlar uyushtirgan boshqa ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.

Isroil vaziri Ben-Gvirning ta’kidlashicha, AQSh va Yevropa Ittifoqining “Lexava” va ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalari "Isroildan nafratlangan antisemit elementlarning qonli tuhmatining bir qismidir".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!