AQSh Ukrainaga Rossiya bilan muzokara boshlash zarurligi borasida signal yo‘lladi

AQSh Ukrainaga Rossiya bilan muzokara boshlash zarurligi borasida signal yo‘lladi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga Rossiya bilan muzokaralar boshlash zarurligi to‘g‘risida signal yo‘lladi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti huzuridagi xalqaro tadqiqotlar maktabi xodimi Jozef Ioffe “Time” jurnali uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqin kunlargacha “pinhoniy bo‘lib kelgan tahdidga duch kelgan”. Ioffening yozishicha, bu tahdid “uning G‘arbdagi oliyhimmat do‘stlari” tomonidan kelmoqda. Ular “o‘ta halokatli mojaroga” qo‘shilib qolmaslik uchun bor sa’y-harakatlarini ishga solishmoqda.

“AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining Kiyevdagi hamkasbiga Putin bilan gaplashishni boshlash fursati yetganini ishora qilib qo‘ydi”, - deya yozadi maqola muallifi.

Shu bilan birga u shunga o‘xshash munozaralar mavzusi o‘t ochishni bas qilish va Ukraina tomonidan hududiy voz kechishlar bo‘lishi mumkinligi xususida fikr bildirgan.

“Kim Kiyev uchun o‘lishni yoki Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib berishi qisqarayotgani uchun muzlashni istaydi? Parij va Berlin ilk kundayoq vositachi bo‘lishga urinishgandi. To‘qqiz oy ichida G‘arb yetakchilari urushdan charchagan bo‘lishlari mumkin. AQShda esa Amerikaning mojaroga qo‘shilishiga qarshi chiqayotgan respublika muxolifati o‘sib bormoqda”, - deya xulosa qilgan Ioffe.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Rossiya Ukraina bilan muzokaralar uchun ochiqligicha qolayotganini ta’kidlagandi, lekin Kiyevda Rossiya tomoni bilan hech qanday muzokaralarni davom ettirmaslik qonunga aylantirilgani uchun hozirda bunday imkoniyat ko‘rib chiqilmayapti. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov "agar kimdir muzokaralar yo‘li bilan yechim topishdan manfaatdor bo‘lsa, biz tinglashga tayyormiz" degan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!