AQSh tomonidan ozod etilgan besh eronlikdan uchtasi Eronga uchishdan bosh tortdi

Eron mahbuslarni ayirboshlash bo‘yicha kelishuv doirasida besh nafar AQSh fuqarosini ozod qildi, deb xabar berdi "Al Jazeera" amerikalik rasmiyga tayanib.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, besh nafar eronlik mahbusdan ikki nafari Eronga parvoz qilish uchun Doha aeroportiga yetib borgan. Uchtasi esa almashishdan keyin Eronga qaytmaslikka qaror qilishdi.
Nournews agentligi xabariga ko‘ra, Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashiga yaqin bo‘lgan Mehrdod Moin Ansoriy va Rizo Sarhangpur Kafraniy hozir Qatar poytaxtida. Kave Afrasiabi, Amin Hasanzoda, Kambiz Attor Koshoniylar Eronga qaytishdan bosh tortdilar.
Amerika fuqarolari orasida faqat uchtasining ismi ma’lum: Siamak Namozi, Emad Shargi va Morad Tahbaz. Qolgan mahbuslarning ismlari sir saqlanmoqda. «Al Jazeera» telekanali xabariga ko‘ra, ulardan biri ayol.