AQSh Tayvanni barcha zarur qurol-yarog‘lar bilan ta’minlay olmasligi mumkin

A A A
AQSh Tayvanni barcha zarur qurol-yarog‘lar bilan ta’minlay olmasligi mumkin

AQSh rasmiylari Tayvanni barcha zarur qurol-yarog‘lar bilan ta’minlay olmasligidan xavotir bildirmoqda. Harbiy yordamning katta qismi Ukrainaga yo‘naltirilgan, deb yozadi The Wall Street Journal AQSh Kongressi va hukumatidagi manbalarga tayanib.

Nashrning qayd etishicha, Vashington Tayvanga deyarli 19 milliard dollarga qurol yetkazib berishda ortda qolgan.

Orol-davlat AQShdan 2015 yilning dekabrida buyurtma qilingan 208 ta Javelin tankga qarshi komplekslari va 215 ta Stinger zenit-raketa komplekslarini haligacha olmagan.

Pandemiya sabab kelib chiqqan ta’minot zanjiri muammolari ko‘plab tizimlar ishlab chiqarilishini qisqartirdi va ular Rossiyaning Ukrainadagi operasiyasi talabni oshirishidan oldin ham buyurtmalarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!