AQSh qo‘mondonligi Toshkentga kelmoqda: maqsad nima?

AQSh qo‘mondonligi Toshkentga kelmoqda: maqsad nima?

Ertaga AQSh markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari Jozef Votel Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari shtab boshliqlari bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri RIA Novostiga tayanib.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirok etadi.

Anjumanda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiber jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilinadi.

O‘zbekistondan anjumanda Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ishtirok etadi.

Tadbir doirasida delegasiya rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazish, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o‘quv jarayoni bilan tanishish, Xasti Imom majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!