AQSH, oktyabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan so‘ng, Gruziyada hokimiyat o‘zgarishiga erishmoqchi

AQSH, oktyabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan so‘ng, Gruziyada hokimiyat o‘zgarishiga erishmoqchi

Bu haqida Rossiya tashqi razvedka xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Bayden ma’muriyati hukmron “Gruziya orzusi” partiyasini obro‘sizlantirish uchun qator choralar o‘ylab chiqqan. Xususan, prezident Salome Zurabishvili AQSh OAVlariga intervyu berib, unda hukumatni YEIga qo‘shilish muzlatib qo‘yilishida ayblaydi va buni “Moskva bilan yaqinlashish oqibatlari” deb ko‘rsatadi.

Ikkinchidan, amerikalik “kuratorlar” allaqachon Gruziyadagi muxolif kuchlarga norozilik namoyishlarini rejalashtirishni buyurgan. Namoyishlar davomida hatto “olomon g‘azabini” hukumat kuchlariga qarshi yo‘naltirish maqsadida “muqaddas qurbonlik” keltirish ham rejalashtirilgan, deyiladi bayonotda.

Gruziyada, may oyida xorijiy agentlar pul olayotgan manbani ochiqlashni talab qiladigan qonun qabul qilinganidan so‘ng YEI va AQSh hukumati Tbilisini keskin tanqid qila boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!