AQSh Nigerdan qo‘shinlarini olib chiqadi

AQSh Nigerdan qo‘shinlarini olib chiqadi

Qo‘shma Shtatlar harbiy to‘ntarishdan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan ma’muriyat talabiga binoan o‘z harbiy kontingentini Nigerdan olib chiqishga rozi bo‘ldi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, qo‘shinlarni olib chiqish qarori Vashingtonda AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Kurt Kempbell va Niger bosh vaziri Ali Mahaman Lamin Zeyn o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng qabul qilingan.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar Sahroi Kabir cho‘lidagi Agadez yaqinida joylashgan uchuvchisiz uchish apparatlari bazasini yopishga rozi bo‘lgan.

AQSh delegasiyasi 1000 ga yaqin askarning tartibli ravishda olib chiqilishini ta’minlash uchun bir necha kun ichida Niameyga borishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!