AQSh dollar monopoliyasidan foydalanib, boshqa davlatlar resurslarini tortib olmoqda - Putin

AQSh dollar monopoliyasidan foydalanib, boshqa davlatlar resurslarini tortib olmoqda - Putin

AQSH, dollar monopoliyasidan foydalanib, boshqa davlatlardan resurslarni tortib olmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida.

"Biz hech kimning bo‘ynida parazitlarcha yashay olmaymiz, Amerika Qo‘shma Shtatalari kabi. Ularning savdo balansida trillion dollarlik kamomad bor. Axir bu nima degani? Odamlar men nima haqida gapirayotganimni tushunadi. Bu neokolonializmning zamonaviy ko‘rinishidir”, - dedi Rossiya prezidenti.

“Dollarning monopol mavqeidan foydalanib, Qo‘shma Shtatlar yiliga o‘zi ishlab chiqarganidan bir trillion dollar ko‘proq iste’mol qiladi va bu resurslarni boshqa mamlakatlardan tortib olmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.

"Ochiq manbaalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar dunyo iqtisodiyotiga taxminan 54,3 trillion dollar qarzdor bo‘lgan. Bundan 12,6 trillioni - bu shaxsiy jamg‘armalar. Ya’ni odamlar o‘z cho‘ntaklarida yoki bank hisob raqamlarida saqlayotgan pullar. Yana 10 trillion dollar Amerika kompaniyalari tomonidan xorijdan olingan mablag‘lar. Mana shu 22,6 trillion narsa bilan ta’minlanmagan. Faqat Amerika iqtisodiy tizimiga ishonchga bog‘liq”, — dedi Putin.

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) 5-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda va unda 136 ta davlatdan 20 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. PXIF — 1997 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va dunyoning eng yirik iqtisodiy anjumanlaridan biriga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!