AQSh bir yilda Isroil armiyasiga 17,9 milliard dollar sarfladi
Isroilning Falastin hududidagi harbiy amaliyoti yilligi munosabati bilan e’lon qilingan Braun universitetining «Urush xarajatlari» loyihasi hisobotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 7 oktabrdan beri Isroil armiyasini qurollantirish uchun rekord miqdorda 17,9 milliard dollar sarfladi.
Moliyaviy xarajatlarni Garvardning Jon Kennedi nomidagi hukumat maktabi professori Linda Bilmes hisoblagan.
Bu yil yetkazib berilgan Amerika qurollarining aksariyati artilleriya snaryadlaridan tortib 2000 funtli bombalargacha bo‘lgan o‘q-dorilar edi. Ilgari e’lon qilingan qurol-yarog‘ ta’minoti bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Isroilga 14 ming 2000 funtlik MK-84 (907 kg) bombasini yetkazib bergan bo‘lib, Isroil ularni qamaldagi G‘azoda ommaviy ravishda ishlatadi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, Isroil armiyasiga xayriya qilingan 17,9 milliard dollar to‘liq bo‘lmagan raqam, chunki Ukrainaga ochiq hujjatlashtirilgan harbiy yordamdan farqli o‘laroq, AQSh Isroilga nima yetkazib bergani haqida to‘liq ma’lumot olishning iloji yo‘q. Tadqiqotchilar Bayden ma’muriyatining «byurokratik manevrlar orqali yordamning to‘liq ko‘lamini va tizim turlarini yashirish harakatlari» ni ta’kidladilar.
Isroil an’anaviy ravishda Amerikaning tekin harbiy yordamini oluvchi eng yirik davlat hisoblanadi. 1959 yildan beri Qo‘shma Shtatlar Isroil armiyasiga 251,2 milliard dollar sarmoya kiritdi, deydi ekspert. 2023 yil 7-oktabrdan beri Isroil armiyasiga berilgan pullar Isroilga bir yil ichida yuborilgan eng katta harbiy yordamdir.