“Apple” 2024 yilga qadar o‘z avtomobilini ishlab chiqarmoqchi

“Apple” 2024 yilga qadar o‘z avtomobilini ishlab chiqarmoqchi

“Apple” kompaniyasi 2024 yilga qadar “yangicha” batareya texnologiyasi bilan jihozlangan yo‘lovchi avtomobili ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda “Reuters” o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya o‘z-o‘zini boshqaruvchi avtomobil ishlab chiqarishni 2014 yilda “Project Titan” loyihasi doirasida boshlagan.

Ma’lum qilinishicha, o‘sha vaqtdan buyon kompaniya sezilarli yutuqlarga erishgan va endilikda ommaviy iste’mol uchun avtomobil yaratishga harakat qilmoqda.

“Apple” batareyalarning yangi turini ishlab chiqarishga pul tikmoqda, bu o‘z navbatida, ularning amaldagi narxlarni ancha pasaytiradi”, deya xabar berdi agentlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!