Angrenda ovqatdan zaharlanish yuz bergan bog‘chalarning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Angrenda ovqatdan zaharlanish yuz bergan bog‘chalarning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent viloyati Angren shahridagi 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning ovqatdan zaharlanishi holati bo‘yicha Sanepidqo‘mita quyidagilarni ma’lum qiladi:

Toshkent viloyati Angren shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga 2023 yilning 13 sentyabr kuni soat 14:00 dan boshlab 2023 yil 14 sentyabr kuni soat 21:00 ga qadar shahardagi 10-sonli DMTT da tarbiyalanayotgan bolalar ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tana haroratni ko‘tarilishi, tez-tez ich kelishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilib, ulardan 24 nafari “Ovqatdan zaharlanish yoki oshqozon faoliyatining funksional buzilishi” birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan, 7 nafariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga ruxsat berilgan.

Sanepidqo‘mita xodimlari tomonidan laborator tekshiruvlar uchun yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilgan bemorlardan hamda, DMTT omborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat maxsulotlaridan namunalar olindi.

DMTT ning 240 nafar tarbiyalanuvchilari shifokorlar tomonidan to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va tibbiy nazoratga olindi va DMMTning ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!