Angliyaga tushgan meteorit sayyoramizdagi suvning kelib chiqishi yerdan tashqaridaligi haqidagi nazariyani tasdiqlashi mumkin

Angliyaga tushgan meteorit sayyoramizdagi suvning kelib chiqishi yerdan tashqaridaligi haqidagi nazariyani tasdiqlashi mumkin

Olimlar o‘tgan yilning fevral oyida Yerga tushgan Vinchkomb meteoritini o‘rganishning birinchi natijalarini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, meteorit ichida Yerdagi kabi suv mavjud bo‘lgan. Bu oxir-oqibat hayotni keltirib chiqargan asosiy kimyoviy moddalar sayyoramizga milliardlab yillar oldin koinotdan olib kelingan degan nazariyaga ishonch beradi.

Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, yosh Yer shunchalik issiq ediki, u suvning ko‘p qismini quritib tashlashi kerak edi. Agar bugungi kunda Yerning qariyb 70 foizini okeanlar qoplaganini inobatga olsak, bu suv keyinroq paydo bo‘lgan bo‘lishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!