Angliya chempionati. "Manchester Siti" "Nottingem Forest" maydonida og‘ir g‘alabaga erishdi
"Manchester Siti" APL 18-turida safarda "Nottingem Forest"ni mag‘lub etdi - 2:1.
Uchrashuvning 48-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Tidjani Reynders hisobni ochdi. 54-daqiqada mezbonlar Omar Xatchinsonning goli evaziga javob qaytardi. Uchrashuvning 83-daqiqasida Rayan Sherki o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bahsda zaxirada qoldirildi.
"Manchester Siti" (40 ochko) qatorasiga sakkizinchi marta barcha turnirlarda g‘alaba qozondi va "Arsenal"ni (39 ochko) ortda qoldirib, APL turnir jadvalida peshqadamga aylandi, ammo londonliklarda bitta zaxira o‘yini bor.
"Nottingem Forest" (18) esa turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
Nottingem Forest - Manchester Siti - 1:2
Gollar: Reynders, 48 (0:1). Xatchinson, 54 (1:1). Sherki, 83 (1:2)
Nottingem Forest: Djon Viktor, Uilyams, Murilyo, Milenkovich, Savona, Dominges (Avoniyi, 87), Anderson, Xadson-Odoi (Bakva, 90), Gibbs-Uayt, Xatchinson, Igor Jezus
Manchester Siti: Donnarumma, ORayli, Gvardiol, Ruben Diash, Mateus Nunes, Reynders (Savio, 73), Gonsales, Bernardu Silva, Foden, Sherki (Ake, 89), Xoland
Ogohlantirishlar: Anderson, 43 - Ruben Diash, 36. ORayli, 59
