Angliya chempionati. Abduqodir Husanov to‘liq harakat qilgan uchrashuvda «Manchester Siti» «Brayton» bilan durang o‘ynadi (VIDEO)
Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Brayton" o‘yinida kuchlar teng keldi - 1:1.
"Shaharliklar"ning o‘zbekistonlik markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq harakat qildi.
Manchester Siti - Brayton - 1:1
Gollar: Xoland, 41 - penaltidan (1:0). Mitoma, 60 (1:1)
Manchester Siti: Donnarumma, Ake (O`Rayli, 73), Alleyn, Abduqodir Husanov, Mateus Nunes (Lyuis, 73), Gonsales (Rodri, 64), Doku, Foden (Sherki, 73), Reynders, Bernardu Silva, Xoland
Brayton: Verbryuggen, De Keyper, Dank, van Xekke, Xinshelvud, Gros, Ayyari (Milner, 83), Mitoma (Uotson, 83), Gomes (Gruda, 77), Ferdi Kadioglu, Ryutter (Uelbek, 77)
Ogohlantirishlar: Donnarumma, 60 - Dank, 29. Gros, 41. van Xekke, 53. De Keyper, 60. Mitoma, 69. Uotson, 89
