Ta’lim, tibbiyot va sport: ijtimoiy sohani tubdan yangilashga qaratilgan qaror
O‘zbekistonda ijtimoiy soha rivojida yangi bosqich boshlanmoqda — ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport tizimini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
Gap alohida chora-tadbirlar haqida emas, balki millionlab insonlar turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan tizimli o‘zgarishlar haqida ketmoqda.
Qanday o‘zgarishlar belgilanmoqda?
I. Ta’lim tizimida:
➖Yangi maktablar qurish;
➖Mavjud ta’lim massalarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;
➖Zamonaviy uskuna va texnikalar bilan jihozlar maqsad qilingan.
II. Sog‘liqni saqlash va sport yo‘nalishida:
➖Yangi tibbiyot va sport ob’ektlarini qurish;
➖Infratuzilmani yaxshilash;
➖Ta’mirlash va rekonstruksiya jarayonlarini tezlashtirish ko‘zda tutilgan.
Bu jarayonlar qanday moliyalashtiriladi?
Jarayonlarni moliyalashtirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida maxsus Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etilmoqda. Jamg‘arma mablag‘lari ta’lim, sport va sog‘liqni saqlash muassasalari qurilishi, rekonstruksiyasi va ta’mirlanishi, mazkur soha moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishiga yo‘naltiriladi.
Mazkur qaror faqat bino va uskunalarni emas, balki eng avvalo inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalaridagi sharoitlarni yaxshilaydi, xizmatlarni samaraliroq bo‘lishiga yordam beradi.
