Kattaqo‘rg‘on tumanida Majburiy ijro byurosi tomonidan xatlangan avtokran auksion savdolari orqali sotilib, tushgan mablag‘ qarzdorning bank oldidagi majburiyatlarini qoplashga yo‘naltirildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining 25.04.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan, Byuroning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga javobgar «O.R» X/K va «M.MM» N/M.ga nisbatan ijro hujjati kelib tushgan.
Javobgarlardan da’vogar — «O‘zsanoatqurilishbank» ATB foydasiga 321 ming AQSh dollari miqdoridagi qarz undirilishi belgilangan.
Belgilangan muddatda qarzdorlar tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi sababli, tezkor ijro tadbirlari davomida 2019 yilda ishlab chiqarilgan XCMG QY55KC rusumli avtokran davlat ijrochilari tomonidan aniqlanib, qonun talablariga muvofiq xatlandi va auksion savdolariga chiqarildi.
Natijada mazkur avtokran auksion orqali 2 328 million so‘mga sotilib, tushgan mablag‘ qarzdorlarning majburiyatlarini qoplashga yo‘naltirildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.