Kataloniyaning “Barselona” hamda Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya Dias faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga “Al-Hilol” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbada yozilishicha, riyodliklar braziliyalik vinger uchun “Barselona”ga 100 million yevro taklif qilgan bo‘lib, uning 80 millioni kafolatlangan to‘lov, yana 20 millioni esa bonuslar ko‘rinishida belgilangan. Klub rahbariyati mazkur transfer orqali Neymar ketganidan so‘ng yuzaga kelgan bo‘shliqni to‘ldirish va Simone Inzagi boshqaruvidagi jamoani Osiyo qit’asida mutlaq yetakchiga aylantirishni maqsad qilgan.
Yozgi transfer oynasi vaqtida “Al-Hilol”ning dastlabki taklifi “Barselona” prezidenti Joan Laporta tomonidan rad etilganiga qaramay, arab klubi tomonidan taklif etilayotgan navbatdagi summa kataloniyaliklar rahbariyatining fikrini o‘zgartirishi mumkin. Ammo Rafinyaning o‘zi “Barselona”dan ketishni rejalashtirmayapti. Futbolchining asosiy maqsadi — 2026-yilgi Jahon chempionatiga optimal sport formasida borish. Agar “Al-Hilol”ga o‘tadigan bo‘lsa, arab futboliga moslashish uchun bir oz vaqt ketadi.
Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsum “Barselona” safida jami 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Капитолий тепалигидаги Олий суд бино олдида Трампга қарши намойишчилар тўпланган, зал ичида эса хавфсизлик чоралари одатдагидан сезиларли даражада кучайтирилган.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.