Andijondagi 3-son tergov hibsxonasida ayol kaltaklandi(mi)?

Andijondagi 3-son tergov hibsxonasida ayol kaltaklandi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda 29 noyabr kuni soat 20:05da Andijon viloyatidagi 3-Tergov hibsxonasida xodimlar mahbus O.G‘ulomovani 1 oylik chaqalog‘i bilan urib, tepib, turli xil uyatli so‘zlar bilan haqorat qilayotganlari haqida xabar e’lon qilindi.

Mazkur holat bo‘yicha bugun, 30 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili jamoatchilik vakillari bilan birgalikda 3-son Tergov hibsxonasida o‘rganishlar olib bordi.

Mahbus O.G‘ulomova bilan suhbat davomida u ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarni tasdiklab, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) nomiga shikoyat yozdi. Faqatgina, O.G‘ulomova farzandi olib qo‘yilganligini va o‘zi tinchlantirish xonasiga joylashtirilganligini tasdiqlamadi. Farzandi doim o‘zi bilan birga bo‘lgan va tinchlantirish xonasiga joylashtirilmagan.

Shuningdek, holatga aniqlik kiritish maqsadida O.G‘ulomova bilan bir kamerada saqlanayotgan 3 nafar shaxs bilan ham suhbat o‘tkazilib, ulardan ham holat yuzasidan tushuntirishlar olindi.

Shu kuni holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi o‘tkazilib, ekspertiza natijasiga ko‘ra, O.G‘ulomovaning badanida tan jarohatlari aniqlanmadi.

To‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-prosessual kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Qayd etish lozimki, monitoring o‘tkazilgan kunda ona va bolaning sog‘lig‘i yaxshi ekani aniqlandi.

Shuningdek, o‘rganish davomida hibsxonadagi kameralarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi tekshirildi. O.G‘ulomova saqlanayotgan va boshqa kameralardagi harorat belgilangan me’yorlarga muvofiqligi aniqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!