Andijonda shifokorlar xatosi sabab ayol qornida salfetka qolib ketdi va...

Andijonda shifokorlar xatosi sabab ayol qornida salfetka qolib ketdi va...

Andijon viloyati Asaka tumanida bemor qornida operasiya vaqtida qoldirib ketilgan salfetka 10 oy o‘tib, jarrohlar tomonidan olindi. Holat bo‘yicha tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 5 oktyabr kuni Asaka tumani “G‘anchayuz” MFY G‘anchayuz ko‘chasida yashovchi O‘.D.ni tuman tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi 2-sonli tug‘ruq uyiga “Homiladorlik-1, tug‘ruq 0, 39 hafta 4 kun. Qog‘onoq pardasini tug‘ruqdan oldin yorilishi” tashxisi bilan shifokor akusher-ginekolog F.Husanova va doya Soliyevalar qabul qilib olgan.

Muayyan tug‘ruq jarayoni bo‘lmaganligi sababli nazorat olib borish maqsadida xasta homiladorlar bo‘limiga yotqizilgan. Reja asosida laborator va instrumental tekshiruvlar o‘tkazilgan. Kuzatuv davomida ayolning holati qoniqarli (homila harakati mavjud, yurak urishi xar daqiqada 142 zarba) deb baholangan.

Xabarda aytilishicha, 7 oktyabr kuni ayolda muayyan tug‘ruq jarayoni boshlanganligi sababli “Homiladorlik 1, 39 xafta 6 kun, tug‘ruqning 1-davri latent fazasi, kamqonlik o‘rta og‘ir daraja, qog‘onoq pardani tug‘ruqdan oldin yorilishi” tashxisi bilan tug‘ruq o‘tkazish rejasi tuzilgan. Shu kuni soat 17:30 da tug‘ruq bo‘limi shifokorlari I.Rahmonberdiyeva, M.Muxtorova tomonidan konsilium o‘tkazilib, “Homiladorlik 1, 40 xafta, tug‘ruqning 1-davri aktiv fazasi, kamqonlik o‘rta og‘ir daraja, qog‘onoq pardani tug‘ruqdan oldin yorilishi” tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, portogramma yuritish, nazorat belgilangan. Soat 21:30 da ayol holati qoniqarli bo‘lib, to‘lg‘oq kuzatilib, bachadon bo‘yinchasini ochilishi samarasiz, homila yurak urishida taxiaritmiya kuzatilgan bo‘lib, uning soni har daqiqada 178 zarbani tashkil etgan, ohanglari bo‘g‘iqlashgan. Shu holatdan kelib chiqib, “Homiladorlik 1, 40 xafta, tug‘ruqning 1-davri aktiv fazasi, homilaning nomuayyan holati (ishonchsiz), qog‘onoq pardaning tug‘ruqdan oldin yorilishi, kamqonlik o‘rta og‘ir darajasi belgilangan.

Shundan so‘ng ayolning oila a’zolari bilan suhbat olib borilib, jarrohlik muolajasiga yozma rozilik olingan. Jarrohlik muolajasi kesercha-kesish usulida o‘tkazilgan. 7 oktyabr kuni soat 21:48 da jinsi o‘g‘il, vazni 3600 gr. bo‘lgan tirik chaqaloq tug‘ilgan. Jarrohlik amaliyoti SMA og‘riqsizlantirilishi yo‘li bilan amalga oshirilgan. Asoratlar kuzatilmagan. Jarrohlikdan so‘ng bemor intensiv kuzatuv olib borish xonasiga o‘tkazilib, infuzion, antibakterial terapiya olib borilgan. 12 oktyabr kuni O‘.D.ga qoniqarli ahvolda tirik chaqaloq bilan 10-OP shifokor va patranaj hamshirasi nazorat olib borish tavsiyasi bilan uyiga ketishga ruxsat berilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 16 avgust kuni Asaka tuman SHTYOB bo‘limiga o‘tkir bitishmali ichak tutilishi tashxisi bilan O‘.D. yotqizilgan. Bemor zaruriy laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilib, zudlik bilan operasiyaga olingan. Tashxis vaqtida bemorning ingichka ichagiga yot jism tiqilib qolganligi aniqlangan. Yot jism olingan va u salfetkaligi aniqlangan, ichak jarohati tikilgan. Chuvalchangsimon o‘simtasi ikkilamchi yallig‘langanligi uchun olib tashlangan. Operasiyadan keyingi davr tinch o‘tgan.

Bemor 2021 yilning 20 avgust kuni qoniqarli holatda rejali jarrohlik bo‘limiga o‘tkazilgan. 28 avgust kuni bemor qoniqarli holatda uyiga ketishga ruxsat berilgan.
Bugungi kunda fuqaro O‘.D. va uning farzandi amaliy sog‘lom, salomatligi bo‘yicha hech qanday shikoyat va e’tirozlari yo‘q. Tashxis vaqtidagi olingan videoyozuv kelgusida shifokorlar orasida tashxis vaqtida bunday qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymasliklari, shifokorlarni hushyor bo‘lishligi uchun olingan va noma’lum shaxs tomonidan tarqatib yuborilgan, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!