Andijonda qo‘rg‘oshin o‘qlarini bolasi bilan "kolyaska"da olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi

Andijonda qo‘rg‘oshin o‘qlarini bolasi bilan "kolyaska"da olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi

Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara posti orqali ayol pnevmatik snaryadlarni bolasi bilan "kolyaska"ga yashirib, O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Podrobno.uz» muxbiri.

Davlat bojxona qo‘mitasi Andijon viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududida joylashgan «Do‘stlik» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish chog‘ida aravachada bola tagida qo‘shimcha taglik borligi aniqlangani haqida xabar berdi. Unda 4,5 millimetr kalibrli pnevmatik qurollar uchun 32 ming qo‘rg‘oshin o‘qlari bor edi.


Mazkur holat yuzasidan tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!