Andijonda otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotgan qiz fojiasi o‘rganilmoqda

Andijonda otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotgan qiz fojiasi o‘rganilmoqda

Oldinroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz otasi tomonidan zo‘rlab kelinayotganligi haqida xabar bergandik. Bosh prokuratura bu haqda bayonot berdi.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Shuningdek, videoyozuvdagi qiz yuqoridagi holat bo‘yicha vakolatli idoralarga murojaat qilishiga qaramasdan hech qanaka chora ko‘rilmayotganligi haqidagi vajlariga aniqlik kiritish maqsadida Xo‘jaobod tumani prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlandi.

Tekshirish jarayoni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan", deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!