Andijon tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda fuqaro M.I. o‘z uyida 45 ta to‘plamdagi “Bitmain” mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga ulab, jami 323,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)