Ana xolos! Jirinovskiy Leninning jasadini sotmoqchi

Ana xolos! Jirinovskiy Leninning jasadini sotmoqchi

LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy Moskvadagi mavzoleyda saqlanayotgan Vladimir Leninning jasadini sotuvga qo‘yishni taklif qildi. Siyosatchi, bu mamlakat byudjetiga yaxshi daromad keltiradi, deb hisoblaydi.

Jirinovskiyning so‘zlariga ko‘ra, jasadni kommunistlar, masalan, xitoyliklar sotib olishlari mumkin ekan.

"Fransiyada bir ishbilarmon "Jokonda" rasmini sotmoqchi. Biz Leninning mo‘miyolangan jasadini sotsak bo‘lardi. Xaridorlar bor: Xitoy, Vyetnam yoki biron bir kommunist. Leninni sotish bilan byudjetga juda ko‘p pul tushirish mumkin. Leninning ko‘rinishi yaxshi, atigi 96 yil oldin mumiyolashgan», - deb yozdi Jirinovskiy tvitterda.

Avvalroq, LDPR rahbari Federasiya Kengashini tarqatib yuborish va mamlakatda deputatlar sonini qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!