“Amudaryoni og‘ir qismat kutyapti” — iqlimshunos O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani haqida

A A A
“Amudaryoni og‘ir qismat kutyapti” — iqlimshunos O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani haqida

Bir yil sersuvlik, 3 yil qurg‘oqchilik

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilda Amudaryoda suv me’yorida bo‘lishi kutilmoqda. Erkin Abdulahatov fikricha, bu Tinch okeani markazida suv haroratining me’yoridan 3–4 daraja isib ketish hodisasi — “El Nino” bilan bog‘liq.

“El Nino” yuzaga kelgan davrlarda (7–9 yilda bir marta) bizda sel-suv toshqinlari va suv omborlarimiz to‘lishi kuzatiladi. Masalan, bunday holat 1991, 1998, 2010, 2016 va 2024 yillarga to‘g‘ri keldi. Endi keyingi uch yillik “La Nino” (Tinch okeanida suv massasining sovishi) davri bo‘ladi. Bunda havodagi nam oqimlar kamayib, quruqlik ortadi. Kelgusi dastlabki ikki yilda suv kamayishi u qadar ko‘p bo‘lmasa-da, uchinchi yilga borib bu kamayish kuchayadi. Qish va kuz oylarida yog‘inlar juda ham kam yog‘adi, — dedi mutaxassis.

Amudaryoda suv kamayishi

Erkin Abdulahatovning aytishicha, O‘zbekiston Amudaryodan 100 yillar davomida 34 kilometr kubdan 70 kilometr kubgacha suv olgan. 1960 yillarda Amudaryo suvining yarmi (50 km kubgacha) Orol dengiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri oqib borgan.

“O‘zbekistonning 70–80 yillardagi bir yillik suv iste’moli hajmi 60 km kubni tashkil qilgan. Hozir bu 40 km kubgacha kamaydi. Bunga Amudaryodan foydalanish, suv omborlarining bo‘g‘ilishi, tog‘larda qish va kuzda yog‘ingarchilik kam bo‘lishi va boshqa omillar ta’sir qildi. Kelgusida suv hajmi kamayib boraveradi. Masalan, iste’molimiz yiliga 30 km kubga pasayishi mumkin. Lekin biz qishloq xo‘jaligida yerlarni tomchilatib, yomg‘irlatib, turli innovasion usullarda sug‘orishga o‘sak, 30 km kub suv ham yetarli bo‘ladi”, — deya fikr bildirdi olim.

Amudaryo suvini taqsimlash muammosi

Iqlimshunosga ko‘ra, hozir mintaqada suv taqsimoti bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmoqda. Jumladan, Afg‘oniston qurayotgan Qo‘shtepa kanali uchun 10 km kub suvni tortib ketadi.

“O‘zbekiston bir yilda Amudaryoning 20 km kub suvidan foydalanadi. Turkmaniston ham shunga yaqin hajmda suv oladi. Tojikiston esa 5-6 km kub qabul qiladi. Endi bu jarayonga Afg‘oniston 10 km kubni tortib olaman deb qo‘shilyapti. Agar Afg‘onistonni o‘ziga qo‘yib bersangiz, biz 10 km kub suvni agatlab sug‘organimiz kabi yo‘l tutadi. Huddiki, ular hozir Farg‘ona kanalini qurayotgandek. Biz ham 1945 yilda tomchilatib sug‘orishni hayolimizga keltirmaganmiz”, — dedi olim.

Mutaxassis afg‘onlar irrigasiya tizimini tomchilatib yoki yomg‘irlatib sug‘orish tarmoqlariga o‘tkazsa, ularga 3 km kub suv ham yetarli bo‘lishini aytdi.

“Buning uchun O‘zbekiston va Turkmaniston afg‘onlarga zamonaviy sug‘orish texnologiyalarni qo‘llashga yordam berishi kerak. Agar shu ish amalga oshsa, jarayonni jilovlaymiz va barqarorlik yuzaga keladi”, — dedi tadqiqotchi.

“Agatlab sug‘orishga tezda chek qo‘yish zarur”

Rasul Kusherbayev bilan suhbat davomida Erkin Abdulahatov O‘zbekistonda ekin yerlarini agatlab sug‘orish eng katta muammo ekanini aytdi. Olimning ta’kidlashicha, tarmoqlarga zudlik bilan zamonaviy sug‘orish texnologiyalari joriy etilmasa, suv tanqisligi bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashaveradi.

“Zarafshon daryosi 100 yil oldin Amudaryoga quyilgan. Hozir Navoiy shahridan uyog‘iga o‘tmayapti. Amudaryoni ham shu qismat kutmoqda. 20–30 yildan keyin ahvol ancha yomonlashishi mumkin. Biz tezroq agatlab sug‘orishdan, tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orishga o‘tishimiz shart. Agatlab sug‘orishni “vahshiy sug‘orish” deb ta’riflashadi. Vaziyatni yaxshilash uchun yerlarni fermerning o‘ziga berishimiz, ya’ni xususiylashtirishimiz kerak. Chunki fermerlarimiz “bugun pul sarfladimmi, uni tezroq chiqarib olishim”, kerak degan tamoyil bilan ishlamoqda. Yer o‘ziniki emas, ular mustaqil bo‘lmagani uchun ham qo‘rqadi” — deb aytdi iqlimshunos.

Suhbatda Erkin Abdulahatov Suv xo‘jaligi vazirligi mamlakatga oqib kelayotgan 40 km kub suvning 33 foizi shunchaki sizib, yerga singib, yo‘q bo‘lib ketayotganini ma’lum qilganini esladi.

“Ya’ni biz hozir foydalanayotgan suv 30 km kubga ham bormayapti. Muammoni bartaraf etish, suv isrofini yo‘qotish uchun tezroq kanallarni betonlashtirishimiz kerak”, — deya ta’kidladi ekspert.

“Qishda qo‘shni davlatlarga elektr eksport qila olishimiz kerak”

Suhbatda Erkin Abdulahatov hozir O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar suv omborlarini to‘ldirish rejimiga o‘tayotganini aytdi.

“Ular ham rivojlanyapti. Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun ularda tabiiy resurslar yo‘q. Ko‘mir, gaz yo‘q. Tojikiston ham, Qirg‘iziston ham faqat gidroelektr stansiyasi qurishga kuch beryapti. Buning fonida biz ularga qishda elektr sotib, yozda ulardan sotib olsakkina barqarorlik bo‘ladi. Chunki elektr sotib olsak, ular elektr energiyasini suvdan olgani uchun suvni biz tomonga “qo‘yib yuborishadi”. Agar yozda suv tashlasa, bizda suv bilan bog‘liq barqarorlik yuzaga keladi. Bu tizim o‘zi 1992 yildan beri bor, lekin afsuski, ishlamayapti. Chunki ularga qishda, elektr kerak bo‘ladigan paytda o‘zimizda ham elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelmoqda. Tezroq generasiyalarimizni ko‘paytirishimiz kerak”, — dedi iqlimshunos.

Amudaryoda suv kamayishi bo‘yicha xavotirlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqida yaqin 20 yil ichida Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkinligini aytgan.

“Keyingi 30 yilda mintaqamizda havo haroratibir yarim gradusga ko‘tarildi. Bu — dunyodagi o‘rtacha isishdan ikki karra ko‘pdir. Oqibatda muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘qolib ketdi. Ushbu tendensiya saqlanib qolsa, yaqin 20 yilda mintaqamizdagi ikkita yirik daryo — Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foizga qisqarishi mumkin. Jon boshiga suv bilan ta’minlanish darajasi 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda. Agar o‘z vaqtida ta’sirchan choralarni ko‘rmasak, ushbu muammolar oqibatlari mintaqamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi, — degan davlat rahbari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yildagi qurg‘oqchilikning ta’siri Amudaryoning quyi havzasidagi hududlarda yaqqol sezilmoqda. Mintaqada so‘nggi yillarda global iqlim o‘zgarishi, qor va yomg‘irlarning kam bo‘layotgani, muzliklarning erishi natijasida yirik daryolar havzalarida, kichik daryo va soylarda suv sarfi kamayib bormoqda.

Amudaryoning “Kerki” gidropostidan oqib o‘tgan suv oqimi miqdori oxirgi 10 yilda 5 foizga, Tuyamo‘yin suv omboriga kelgan suv hajmi 22,5 foizga kamaygan.

Qo‘shni davlatlar tomonidan Amudaryo o‘zanida yangi kanal qurilishi oqibatida daryodan O‘zbekistonga keladigan suv hajmi 15 foiz kamayishi bilan bog‘liq xavf mavjud.

The Economist prognoziga ko‘ra, agar Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanali qurib bitkazilsa, mintaqaviy mojaro yuzaga kelishi mumkin.

“Iqlim o‘zgarishi O‘zbekiston 15 foiz suv yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda. Agar kanal qurilishi ortidan yana 10 foiz suv yo‘qotilsa, mamlakat 25 foiz suv yo‘qotishi mumkin”, — deyiladi yana bir prognozda.

“Tolibon” bosh vaziri Abdul–G‘ani Barodar 2023 yil mart oyida Qo‘shtepa kanali qo‘shni davlatlarning suvdan foydalanish huquqlarini buzmasligini aytgan. U Amudaryo suvidan foydalanish nuqtayi nazaridan Afg‘oniston shimoliy qo‘shnilarga yo‘naltirilgan suv hajmlariga da’vo qilmasdan, o‘z huquqlari doirasida qolishini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

Zo'r TV telekanali 7-aprel kuni Chempionlar ligasining qaysi o‘yinini jonli translyasiya qiladi?

Европа чемпионлар лигасининг чорак финал босқичи доирасида бўлиб ўтадиган ўйин Zo'r TV телеканали орқали жонли трансляция қилинади.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Eron AQShning USS Tripoli hujum kemasiga hujum qildimi?

Бу ҳақда АҚШ Марказий қўмондонлигининг ижтимоий тармоқ саҳифаси эълон қилинган баёнотида айтилган.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.