“Amazon” sotuvchisiz ishlaydigan 3 ming do‘kon ochishni rejalashtirmoqda

“Amazon” sotuvchisiz ishlaydigan 3 ming do‘kon ochishni rejalashtirmoqda

Bloomberg” xabariga ko‘ra, “Amazon” uch yil ichida sotuvchi va kassirlarsiz ishlaydigan uch mingta do‘kon ochishni rejalashtirmoqda.

Yanvar oyida Sietlda birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan supermarket ochilgandi bu shaharda “Amazon”ning bosh qarorgohi joylashgan. Keyinchalik kompaniya yana ikkita do‘kon ochdi.

Do‘konga kirish uchun xaridor smartfonga maxsus ilovani o‘rnatishi kerak. Xaridor kerakli mahsulotlarni javonlardan oladi va tizim ularni virtual hisoblash moslamasiga kiritadi. Xaridni bekor qilish uchun esa tovarni olgan joyga qo‘yish kifoya. Xaridlar bajarilgandan so‘ng pul xaridorning hisobidan yechib olinadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!