Alvares Golovkinga qarshi ringga ko‘tarilishga rozi

Alvares Golovkinga qarshi ringga ko‘tarilishga rozi

Supero‘rta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares o‘rta vazn toifasida IBF va IBO kamari sohibi Gennadiy Golovkinga qarshi uchinchi marta ringga ko‘tarilishga tayyor.

«Eng zo‘rlarga qarshi jang qilishni istayman. Agar Golovkinga qarshi ringga ko‘tarishga imkon bo‘lsa, buni qabul qilaman. Men eng kuchlilarga qarshi to‘qnash kelishga tayyorligimni ko‘rsatdim»,-dedi Saul Alvares.

Ma’lumot uchun, Kanelo va Golovkin o‘zaro ikki bor bahs olib borishgan. Birinchi jangda durang qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda meksikalik ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!