Alisher Usmonovning boyligi 1,26 mlrd dollarga ortdi

Alisher Usmonovning boyligi 1,26 mlrd dollarga ortdi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning boyligi 2023 yil boshidan buyon 1,26 milliard dollarga ko‘payib, 19,7 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg nashrining dunyodagi eng boy odamlar bo‘yicha Bloomberg Billionaires Index reytingida ma’lum qilindi.

Mazkur reytingda Usmonov top-500 talikda 81-o‘rinni egalladi. Shuningdek, yil boshidan buyon 29 milliard dollar mablag‘ to‘plagan fransiyalik milliarder, Louis Vuitton va Sephora kompaniyalari rahbari Bernard Arno dunyo milliarderlari reytingida yetakchilikni qo‘lga olgan. Uning jami boyligi bugungi kunga kelib 191 milliard dollarga baholanmoqda.

Tesla hamda SpaseX asoschisi amerikalik milliarder Ilon Mask ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni egalladi. Qayd etilishicha, Maskning boyligi yil boshidan buyon 32,1 milliard dollarga oshib, umumiy hisobda 169 milliard dollarni tashkil etgan. Kuchli uchlikni esa Jeff Bezos yakunlagan. Uning daromadlari yil boshidan buyon 21,6 milliard dollarga oshib, umumiy hisobda 129 milliard dollarga yetgan.

Ma’lumot uchun, Alisher Usmonov «Metalloinvest», «Udokan mis» va «MegaFon»ni o‘z ichiga olgan USM guruhining asoschisi va eng yirik aksiyadori (49 foiz) hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!