Alisher Usmonov qaysi metall kelajakda "yangi oltin"ga aylanishini ta’kidladi

Alisher Usmonov qaysi metall kelajakda "yangi oltin"ga aylanishini ta’kidladi

"2040 yilga borib misga bo‘lgan talab 2,7 barobar oshadi, bu metall qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi — deb yozadi Alisher Usmonov Jahon Iqtisodiy Forumi saytida. — Mis global energetika tizimida muhim rol o‘ynaydi.

«Mis ko‘pincha "yangi oltin", "yangi neft" yoki hatto "kelajak metalli" deb nomlanadi, chunki u past uglerodli iqtisodiyotlar va yuqori texnologiyali sanoatda ajralmas rol o‘ynaydi», deb yozadi u.

Maqolada Usmonov Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga iqtibos keltirdi, unga ko‘ra, 2040 yilga borib toza energiya texnologiyalarida qo‘llaniladigan minerallar va metallar orasida mis, nikel va grafitga talab ustunlik qiladi. Bu vaqtga kelib misga talab 2020 yilga nisbatan 2,7 barobar oshadi.

«Ushbu metall qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari uchun ham muhim bo‘ladi», deb yozadi Usmonov.

Shu bilan birga, USM asoschisi yaqin yillarda misga bo‘lgan talab metall narxining o‘sishiga olib kelgani va kelajakda taklifdan oshib ketishi mumkinligini ta’kidlaydi. Mis tanqisligining oldini olish uchun qidiruv va yangi loyihalarga sarmoya kiritish, shuningdek, ishlab chiqarish va mahsuldorlikni oshirish uchun texnologiyalarni ishlab chiqish kerak, dedi u.

2020 yil may oyida Jahon banki 2050 yilga borib, toza energiya texnologiyalariga ortib borayotgan talabni qondirish uchun mis, grafit, litiy va kobalt kabi minerallarni ishlab chiqarish deyarli 500 foizga oshishi mumkinligi haqidagi hisobotini taqdim etdi. Mualliflarning hisob-kitoblariga ko‘ra, shamol, quyosh va geotermal energiyadan foydalanish va issiqlikni 2°C dan past darajada ushlab turish, energiyani saqlash uchun 3 milliard tonnadan ortiq mineral va metallar kerak bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!