— Sobiq xotinim bilan ikki yildan beri birga yashamaymiz. Bundan yarim yil oldin uylandim. Birinchi turmushim bilan rasman ajrashib, ikkinchisi bilan rasman nikohdan o‘tish uchun sudga ariza bergandim. Lekin sobiq xotinim «ajrashmayman», deyapti. Sud shuni deb muhlat berdi. Keyingisida ham «ajrashmayman», desa, arizam qanoatlantirilmaydimi? Axir boshqa oilam bor-ku?
Ismi sir tutildi.
Jasur Norqobilov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi:
— Oila kodeksining 40-moddasiga muvofiq, nikohdan ajratish haqidagi ishlar sud tomonidan Fuqarolik prosessual kodeksida da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning ko‘rilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Oila kodeksining 41-moddasiga ko‘ra, agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
Oliy sud Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 6-sonli qarorining 16-bandida tushuntirilishicha, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi talab, faqat, er-xotin bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yo‘qligi aniqlangan holdagina qanoatlantirilishi lozim.
Murojaatingizda qayd etilishicha siz nikohdan ajratish haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilgansiz va sud tomonidan er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlangan.
Yuqoridagi qonun talabi va Plenum qarori tushuntirishlari talabidan kelib chiqib, sud er-xotinni bundan buyon birga hayot kechirishlarining va oila batamom buzilganligi sababli uni saqlab qolishning iloji yo‘q deb hisoblasa, o‘rtadagi nikohni bekor qilish haqida hal qiluv qarori qabul qilishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.