Ajabo! Dunyodagi eng qadimiy DNK Gruziyadan topildi

Ajabo! Dunyodagi eng qadimiy DNK Gruziyadan topildi

Gruziyalik olimlar va ularning xorijiy hamkasblarining ko‘p yillik biomolekulyar tadqiqoti hayvon qoldiqlaridan olingan dunyodagi eng qadimiy DNK Gruziyaning janubida, Tbilisidan 90 kilometr uzoqlikdagi qadimgi Dmanisi shahrida topilganini tasdiqladi.

Gruziya milliy muzeyi xabarida qadimgi shaharda topilgan karkidonning tish emalidan 1,77 million yillik muhim genetik ma’lumot olingani ma’lum qilingan.

«Bu hayvon qoldiqlaridan olingan dunyodagi eng qadimiy DNKdir. U bungacha Kanadaning Ukon orolida topilgan otdan olingan 700 ming yillik DNKdan million yilga qadimiyroqdir», — deyiladi xabarda.

Olimlarning aytishicha, «Bu topilma qadimiy biomolekulyar tadqiqotlardagi kashfiyotdir». U bugungacha mumkin bo‘lgandan ko‘ra ancha erta davrlarning evolyusion suratini tiklashga hamda hayvonlar va insonlarning ajdodlari tarixini o‘rganishga imkon beradi.

Dmanisi ko‘hna shahar bo‘lib, uning hududida arxeologik qazilmalar 1930 yillardan boshlangan. U yerda turli davlatlar arxeologlari ish olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!