Agrippina Shin bog‘chalarda Yangi yil bayramini nishonlashni taqiqladi

Agrippina Shin bog‘chalarda Yangi yil bayramini nishonlashni taqiqladi

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazishni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, vazir Agrippina Shin raisligida tuzilmaning hududiy boshqarmalari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilish davomida koronavirus infeksiyasining tarqalishi vaziyatida maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, quyidagilarni:

  • ota-onalar ishtirokidagi an’anaviy Yangi yil tadbirlarini o‘tkazish;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining sovg‘alar olishi;
  • korporativ tarzda Yangi yil bayramini nishonlash kabilarni taqiqlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!