Afrika hukumati kiberjinoyatchilardan 800.000 AQSh dollari musodara qildi

Afrika hukumati kiberjinoyatchilardan 800.000 AQSh dollari musodara qildi

Afrikada 27 mamlakat huquq tartibot organlari ishtirok etgan kiberjinoyatlarga qarshi operasiya doirasida asosiy 11 nafar kiberjinoyatchilar qo‘lga olinib, 800.000 AQSh dollari musodara qilingan.

Joriy yilning iyul oyidan noyabrgacha davom etgan ushbu operasiya davomida quyidagi natijalarga erishildi:
✅ Eritreyadagi xakerlarni turli qurilmalar va dasturiy bilan ta’minlab turuvchi "DarkNet" bozori yopildi;
✅ Kamerunda 8 million Afrika franki miqdorida zarar keltirgan kripto-aktivlar bilan bog‘liq kiberjinoyatlar ochildi;
✅ Tanzaniyada jabrlanuvchi fuqarolarga 150.000 AQSh dollardan ortiq mablag‘ qaytarib berildi;
✅ Afrika mintaqasida kiberjinoyatlar sodir etishda hissa qo‘shgan 200.000dan ortiq infratuzilmalariga chora kurilda (kiberromantik, feyk xabarlar, bank kartasi va shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq jinoyatlar shular jumlasidan).

Operasiyada axborot xavfsizligini ta’minlovchi bir qancha shaxsiy kompaniyalar ham ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!