Afg‘onistondagi zilzila oqibatida kamida 120 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistondagi zilzila oqibatida kamida 120 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubi-sharqidagi Paktika va Xost viloyatlarida zilzila oqibatida kamida 120 kishi halok bo‘ldi, — deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Paktikadagi Giyan hududida 100 kishi halok bo‘lgan, Xost viloyatidagi Spera tumanidagi Dubay qishlog‘ida esa 20 kishining jasadi eksgumasiya qilingan.

Mazkur hududlarda 22 iyunga o‘tar kechasi 6,1 magnitudali zilzila qayd etilgan.

Qolaversa, bugungi kunda zilzila episentri yaqinida 96 mingdan ortiq aholi istiqomat qilib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!