Afg‘onistondagi vaziyat: Tolibon Panjshir jangchilari bilan muzokara qilishdan bosh tortdi

Afg‘onistondagi vaziyat: Tolibon Panjshir jangchilari bilan muzokara qilishdan bosh tortdi

Kobul hukumati Panjshirdagi qarshilik yetakchilari bilan muzokaralar va kelishuvlardan voz kechdi. Bu haqda qarshilik rahbarlaridan biri Ahmad Ma’sud aytib o‘tdi. Avvalroq u Tolibon harakati vakillari Panjshirni tark etsa, jangovar harakatlarni to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Biroq hozir Ma’sud jurnalistlarga tinchlik taklifi rad etilganini, muzokaralar uchun mavzular qolmaganligini, harakat vakillari allaqachon viloyatning yetti tumanini egallab olganini aytdi, deb xabar beradi "Rossiya 24" telekanali.

Qarshilik vakili Fahim Dashti Panjshir uchun janglarda halok bo‘lgan, deb xabar beradi mahalliy OAV.

Ayni paytda, Kobul aeroportida qiyin vaziyat saqlanib turibdi - qariyb 1000 kishi aeroportda qolib ketgan va yangi hukumat ruxsatisiz ucha olmaydi, deb yozadi The New York Times. Oltita samolyot uchishni tasdiqlashni kutmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!