Afg‘oniston tovarlari "India International Trade Fair"da oltin medalga sazovor bo‘ldi

Afg‘oniston tovarlari "India International Trade Fair"da oltin medalga sazovor bo‘ldi

Hindiston shtatlarini hisobga olmaganda, 17 mamlakat vakillari ko‘rgazmada COVID-19 cheklovlari bekor qilinganidan beri birinchi marta ishtirok etdi, ko‘rgazmaga millionlab hindistonliklar tashrif buyurishdi, deya xabar beradi Afg‘onistonning Nyu-Dehlidagi elchixonasi.

Afg‘oniston tovarlari sotiladigan 22 ta stendda gilam, za’faron, marmar buyumlar, hunarmandchilik va shirinliklar joylashtirildi. Ko‘rgazma davom etayotgan 15 kun davomida har bir davlatning tovarlari hind o‘qituvchilari, ishbilarmonlari va jurnalistlaridan iborat komissiya tomonidan sinchkovlik bilan baholandi – afg‘onlarniki eng yaxshi deb topildi. Yuqori sifatli, foydali shartnomalar va talablarga rioya etilishi qayd etildi.

Afg‘oniston elchisi Farid Mamundzay o‘z vatandoshlariga mahalliy mahsulotlarni ilgari surish uchun Hindistonni o‘rganishni buyurdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!