Abituriyentlardan 80 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushgan

Abituriyentlardan 80 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushgan

Abituriyentlardan 80 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushgan. Bu haqda DTM o‘rinbosari Sardor Rajabov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA muxbiri.

“Joriy yilgi test sinovlari uchun abituriyentlardan 80 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ kelib tushgan.

Imtihonlar o‘tkazilgan stadionlarning faqat 2-3 tasi bilan shartnoma tuzib, mablag‘ o‘tkazib berdik. Qolgan stadionlar hokimliklar tomonidan taqdim etilgan. Ya’ni ularga DTM mablag‘lari sarflanmagan”, - dedi S.Rajabov.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun 111 ming 500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!