8 sotix yer maydoni 15 000 AQSh dollarimi?

A A A
8 sotix yer maydoni 15 000 AQSh dollarimi?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining ochiq sud majlisida firibgarlik va hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish jinoyatini sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga hukm o‘qildi. Eng qizig‘i, sudlanuvchi erkakka muqaddam jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining 2021 yilgi hukmiga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan jinoyatlarni sodir qilgani uchun 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining 2022 yildagi ajrimi bilan 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi shu muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan. Biroq “O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas”, deganlaridek vaziyatdan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi...

Hujjatlar qalbakilashtirilgan...

Sudlanuvchi o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, takroran, 2017 yil iyun oylarida Yangihayot (sobiq Sirg‘ali) tumani, Choshtepa ko‘chasida bo‘la turib, tanishiga Yangihayot (sobiq Sirg‘ali) tumani hududidan 0.8 sotix yer maydonini sotib olib berishni va’da qiladi. Ushbu yer maydoni uchun oldindan 15 000 AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmasdan, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Sudlanuvchi o‘zining jinoiy xatti-harakatlarini davom ettiradi. 0.8 sotix yer maydoni sotib, buning ortidan moddiy manfaat ko‘rish maqsadida, yer maydoniga egalik huquqini beruvchi “Arxitekturno-planirovochnoye zadaniYE”, “vipiska iz resheniya”, “AKT”, “Plan”, va “arxiv ma’lumotnomasi” hujjatlarini qalbakilashtirib, tanishiga taqdim etgan.

Yangihayot tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limining sudga oid texnik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, “Arxitekturno-planirovochnoye zadaniYE”, “vipiska iz resheniya”, “AKT”, “Plan”, va “arxiv ma’lumotnomasi” hujjatlaridagi rekvizitlar, bosma yozuvlar, dumaloq shakldagi pechat va imzo printerda tayyorlanganligi aniqlangan.

“Qilmishlarimdan pushaymonman”

— Haqiqatdan ham jabrlanuvchini yaqindan taniyman. 2017 yilning iyunida uning uy-joy so‘rab surishtirib yurganligini eshitdim. U bilan uchrashib, unga yer uchastkasi borligini, xohlasa 8 sotix yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishimni, evaziga 15 000 AQSh dollari berishini aytdim. Shunda sotiladigan yer maydoni qayerda joylashganligini so‘radi. Yangihayot tumani Choshtepa MFYning qir bag‘rida joylashganligini bildirdim. “Erni ko‘rishim kerak”, degani bois oradan 2 kun o‘tib, tanishimni Choshtepada joylashgan qirning orqasiga olib bordim. Unga yer maydoni ma’qul keldi va o‘sha yerning o‘zida 5 000 AQSh dollari berdi. Qolgan 10 000 AQSh dollarini bir oydan so‘ng berishini ma’lum qildi. Rozi bo‘ldim va oradan 20-25 kun o‘tib, tanishim menga onasining pasportini berib, hujjatlarni onasining nomiga rasmiylashtirishni aytdi. Qolgan 10 000 AQSh dollari ham berdi. Yer maydonini onasining nomiga hujjatlarni rasmiylashtirib berdim. Olgan 10 000 AQSh dollarini o‘z ehtiyojlarim uchun ishlatdim. Hozirda qilmishlarimdan pushaymonman, - deya aybiga iqror bo‘lgan sudlanuvchi sud majlisida suddan qaramog‘ida to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, oilada yagona boquvchi ekanini bildirib, unga nisbatan qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘radi.

Toshkent shahar hokimiyati vakillari aldanib qolganimni aytishdi”

Jabrlanuvchi ham quyidagilarni bayon qildi...

— Tanishimga hech qanday guvohlarsiz 5 000 AQSh dollari sanab berganman. U menga tez va oson bo‘lishi uchun yerni yoshi kattaroq shaxsning nomiga rasmiylashtirishni aytdi. O‘z nomimda bo‘lgan “Mercedes” rusumli avtomashinamni sotib, yetmaganiga o‘zimdan pul qo‘shdim. Yana 10 000 AQSh dollari va onamning fuqarolik pasporti bilan birga olib borib berdim. U vaqtda ham guvohlar bo‘lmagan va hech qanday tilxat olmaganman. Qayinimning uyida tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tirgan vaqtimda, tanishim qo‘ng‘iroq qilib, qayerda ekanimni so‘radi. Oradan taxminan 5-10 daqiqa o‘tib yetib kelib, “tabriklayman, bugun qo‘shaloq bayram ekan”, deb hujjatlarni berdi. Oradan taxminan 1-2 kun o‘tib, o‘zimga tegishli yer maydonini devor bilan o‘rab qo‘ymoqchi bo‘lib borsam, jo‘xori ekilganini ko‘rdim. Tanishim esa “jo‘xori 25-30 kun ichida hosil beradi. Shuncha kun kutdingiz, yana bir oz vaqt kuting, keyin yerni o‘rab olaverasiz”, dedi. Yana kutishga rozi bo‘ldim. 25-30 kun o‘tib, yana o‘sha yer maydoniga borganimda, menga tegishli bo‘lgan yer maydoni atrofiga ko‘p qavatli uylar qurilgan va yer maydoni tunuka bilan o‘rab olinganini ko‘rdim. Surishtirganimda, u yer maydoni Toshkent shahar hokimiyatiga qarashli ekani ma’lum bo‘ldi. Shundagina tanishim aldanganini bilib, unga qo‘ng‘iroq qildim. Javob bermagach, uyiga bordim. Menga boshqa joydan yer qilib berishni va’da qildi. Bir necha kunlar o‘tib, undan “er nima bo‘ldi?” deb so‘raganimda, “aka, bergan pulingizni yeb ketmayman”, deya sabr qilishimni so‘radi. So‘ng Toshkent shahar hokimiyatiga borib, tanishim bergan hujjatlarni ko‘rsatdim. Hokimiyat vakillari aldanib qolganimni aytishdi. Tanishimdan pullarimni qaytarishni so‘radim. Shu orada uning onasi, bir necha kun o‘tib esa otasi vafot etdi. Uni holatini tushungan holda vaqt berdim. Shu tariqa turli bahonalar qilib, pulni bermadi. Huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildim. Hozirda menga yetkazilgan va ayblovda ko‘rsatilgan 59 378 400 so‘m qoplangan. Sudlanuvchiga nisbatan hech qanday da’voim yo‘q. Qolgan moddiy zararni undirib berishni so‘rayman.

Sud hukm qildi...

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b” bandi va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

JKning 59 va 61-moddalari tartibida unga tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosini 3 kunini 1 kun ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirib, qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun 3 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

JKning 59-moddasining 8-qismi tartibida tayinlangan jazoga jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining 2021 yildagi hukmi bilan tayinlangan, sudning 2022 yildagi ajrimi bilan JKning 48-1 moddasiga asosan almashtirilgan 3 yil ozodlikni cheklash jazosidan qisman qo‘shib, o‘tash uchun uzil-kesil 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jabrlanuvchining foydasiga 15 000 AQSh dollari hukm e’lon qilingan sanadagi O‘zbekiston so‘miga nisbatan bo‘lgan qiymatda, ya’ni 162 706 200 so‘m undirilishi belgilandi.

Jabrlanuvchiga ayblovda ko‘rsatilgan 59 378 400 so‘m miqdoridagi moddiy zarar qoplanganligi inobatga olingan holda sudlanuvchidan jabrlanuvchining foydasiga 103 327 800 so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.

Baxrom TASHPULATOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.