72 kunda Yer sharini aylanib chiqqan jurnalist ayol

72 kunda Yer sharini aylanib chiqqan jurnalist ayol

O‘z maqsadiga erishish yo‘lida tirishqoqlik va qat’iyatlilikni namoyon etish orqali inson ko‘p narsalarga erishishi mumkin.

Jamiyat asta-sekin gender tengligini qabul qila boshlagan XIX asrda ayol kishi uchun misli ko‘rilmagan ish qilish ikki baravar qiyinroq edi. Biroq har bir ishda ham birinchi bo‘lib kashfiyot qilgan odamlar bor-ku!

Elizabet Djeyn Kokreyn – Nelli Blay deb tanilgan amerikalik jurnalist. Uning mashhur bo‘lishida va shuhrat qozonishi dong‘ining hozirgi kungacha davom etishida o‘sha paytda “New York World» gazetasi muharriri Jozef Pulitser (adabiyot sohasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri keyinchalik uning nomi bilan atalgan) boshchiligida ish olib borishi tufayli erishgan.

Nelli Blay o‘zi yozgan shov-shuvli xabarlari orqali mashhur bo‘ldi. Kerakli ma’lumotlarni olish uchun u hatto yashirin va himoyaga olingan holda ishlashiga to‘g‘ri kelardi...

Bu xonimning eng xavfli sarguzashtlaridan biri - bu bemor niqobi ostida psixiatrik klinikaga kirishi bo‘ldi. U yerda u o‘n kun yotdi va tibbiyot xodimlarining kasallarga nisbatan shafqatsizligi to‘g‘risidagi haqiqatni ochib berdi. Maqola ommaning ko‘plab munosabatlariga sabab bo‘ldi. Tezda shifoxonada tartib-intizom o‘rnatilib, aybdorlar jazolandi va ushbu turdagi muassasalarni moliyalashtirish hajmi oshirildi.

Nelli Blay hayotidagi navbatdagi va ehtimol eng asosiy sarguzashti Jyul Vern adabiy qahramoni Fileas Fogg sayohatini takrorlash edi.

Mashhur yozuvchining romanida bosh qahramon garov bog‘lab, 80 kun ichida dunyo bo‘ylab sayohat qildi. Sayohat bir nuqtada boshlanib, Yer sharining barcha meridianlarini kesib o‘tib, yana o‘sha yerning o‘zida tugatilishi kerak edi. Nelli Blay bu rekordini takrorlashga qaror qildi. Va, u bunga erishdi.

Bundan tashqari, uning safari 72 kun ichida yakunlandi. 1889 yil 14 noyabrda boshlangan safarda jasur jurnalistni poyezd va kemalar oldinga olib borar, yo‘lda esa uni ko‘plab sarguzashtlar kutardi: Yaponiya qirg‘oqlarida ko‘tarilgan bo‘ron, undan oldinroq yurishni istagan raqobatchilar, Singapurda sotib olgan maymun va rad etilgan nikoh taklifi. U hatto yozuvchi Jyul Vernning o‘zi bilan ham uchrashdi.

Nelli o‘z yo‘li davomida tahririyatga telegrammalar yuborib turdi va ko‘p sonli gazeta o‘quvchilari uning safarini kuzatishardi. Ushbu davrda gazeta adadi ham sezilarli darajada oshdi.

Jurnalistning qaytishi nihoyatda tantanali bo‘ldi. Uyda uni munosib gonarar va yovvoyi mashhurlik kutardi.

Nelli Blay yorqin hayot kechirdi. Ko‘plab ayollarni ilhomlantirib, qiyinchiliklardan qo‘rqmagan ayol namunasi bo‘lib xizmat qildi va hech narsa imkonsiz emasligini isbotladi.

Bahora MUHAMMADIYEVA tarjimasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!