50-o‘lim: Buxoroda 53 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

50-o‘lim: Buxoroda 53 yoshli bemor koronavirusdan vafot etdi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 53 yoshli N.S. joriy yil 20 iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.

22 iyun kuni esa bemorning ahvoli og‘irlashib, tez tibbiy yordam avtomashinasida Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimasiya bo‘limiga ko‘chirilgan. Unga “COVID-19”, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, unda gipertoniya kasalligi ham qayd etilgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni shifokorlar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!