5,3 trln. so‘mlik 13 mingdan ortiq ijro ishlari tamomlandi

5,3  trln. so‘mlik  13 mingdan ortiq ijro ishlari  tamomlandi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tgan davrda tijorat banklar balansiga olingan mol-mulklarni belgilangan tartibda sotilishi va boshqa manbalar hisobiga muammoli qarzdorliklarni undirish, kredit qarzdorligiga oid ijro hujjatlar bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari ish yurituvida mavjud bo‘lgan tijorat bank foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha o‘tgan yil davomida jami 6 trln. 248,4 mlrd. so‘mlik 20 ming 739 ta ijro hujjatlaridan, 5 trln. 388 mlrd. so‘mlik 13 ming 305 tasi tamomlangan.

Banklar foydasiga 2 trln. 163 mlrd. so‘mlik 4 880 ta ijro hujjati amalda tamomlangan. Shuningdek, banklar foydasiga undiruvlar tahlil qilinganida, TIF "Milliybank" foydasiga amalda 35,7 mlrd. so‘mlik 118 ta, "O‘zsanoatqurilishbank" ATB foydasiga 173,5 mlrd. so‘mlik 254 ta, "Xalq banki" AT foydasiga 47,5 mlrd. so‘mlik 209 ta, “Mikrokreditbank" ATB foydasiga 16 mlrd. so‘mlik 95 ta, "Asaka bank" ATB foydasiga 164,6 mlrd. so‘mlik 139 ta ijro hujjatlarining ijrosi amalda tamomlangan.

Byuroning poytaxt boshqarmasi ish yurituvidagi 860 mlrd. so‘mlik 7 400 dan ortiq banklar foydasiga undiruv bo‘yicha ijro hujjatlari bo‘yitcha 299 ta 501,3 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, ushbu mol-mulklarni undiruvga qaratish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, “MIB Portal” elektron dasturi orqali qarzdorlarga tegishli 88 ta 41,8 mlrd. so‘mlik turli rusumdagi avtotransport vositalari hamda 130 ta 418,6 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mol-mulklarga nisbatan elektron tarzda band solingan.
Undiruv harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!