4100 dollar evaziga Koreyadan ish topib berishni va’da qilgan firibgar aniqlandi

4100 dollar evaziga Koreyadan ish topib berishni va’da qilgan firibgar aniqlandi

Koreyadan ish topib berishni va’da qilib, katta miqdordagi pulni o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib "Darakchi" nashri xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 7 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil yanvar oyi oxirida Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi X.Kim Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi R.A.ga Koreya Respublikasiga ishlash uchun yuborishni va’da qilib, aldab, undan 4 100 AQSh dollari va 100 ming so‘m pullarini olib, shu kunga qadar yashirinib yurganligi ma’lum bo‘lgan.

X.Kimni ushlash choralari ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!