4 milliondan ziyod O‘zbekiston aholisi koronavirusga qarshi bepul emlanadi – ro‘yxat

4 milliondan ziyod O‘zbekiston aholisi koronavirusga qarshi bepul emlanadi – ro‘yxat

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati O‘zbekistonda birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlanadigan kishilar ro‘yxatini e’lon qildi. Joriy yilda 4 112 668 nafar aholini COVID-19ga qarshi bilan emlash ko‘zda tutilmoqda.

Emlanadigan kishilar ro‘yxati:

  • qariyalar 65 yoshdan 74 yoshgacha – 1 085 797 nafar;
  • keksalar 75 yoshdan 84 yoshgacha – 388 686 nafar;
  • uzoq umr ko‘ruvchilar 85 yosh va undan yuqori – 139 280 nafar;
  • tibbiyot xodimlari – 447 976 nafar;
  • surunkali kasalliklari bor aholi – 888 190 nafar;
  • maktab o‘qituvchilari – 689 383 nafar;
  • maktabgacha ta’lim xodimlari – 223 426 nafar;
  • qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari – 180 000 nafar.

Eslatiz o‘tamiz, avvalroq innovasion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova aholini koronavirusga qarshi emlashda “Sputnik V” va “ZF-UZ-VAC 2001” Xitoy-O‘zbekiston vaksinasidan foydalanish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!