3 ta viloyatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

3 ta viloyatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “J.I.” fermer xo‘jaligi va “S.P.” MCHJ mas’ul shaxslari suv nasoslari hamda yangi qurilayotgan binoni isitish pechlari hamda boshqa eletr jihozlarni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 256,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Denov tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi mas’ul shaxslari “Ayritom” MFY hududiga o‘rnatilgan yangi ko‘cha chiroqlarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulaganliklari oqibatida jami 169,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro X.I. va boshqalar “Mingtut” MFYda joylashgan o‘quv markazi binosini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 146,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!