2024 yilda 6 ming gektar yer maydoni ausionga chiqariladi

2024 yilda 6 ming gektar yer maydoni ausionga chiqariladi

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish jarayonlarini va xususiylashtirish dasturi ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan yer uchastkalarini ausion orqali savdoga chiqarish rejasi tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmagan yer uchastkalari ijara huquqi asosida savdoga chiqariladi. Boshqa barcha holatlarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida taqdim etiladi.

2024-yilda respublika bo‘yicha jami 6 ming gektar yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 gektar – Toshkent shahrida.

Shuningdek, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llar bo‘yida savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarini joylashtirish uchun 400 ta obekt savdoga chiqariladi, shundan 16 tasi – Toshkent viloyatida, 10 tasi – Toshkent shahrida.

Shuningdek, hududlarda 1,3 mingdan ziyod obekt ausionga chiqariladi va ular:

- xizmat ko‘rsatish majmualari va servis obektlari;

- joylashtirish vositalari;

- turar joylar;

- savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil etishga mo‘ljallangan.

845 aholi yashash punktida 2027 yilgacha shaharsozlik hujjatlarini (bosh rejasi) ishlab chiqish bo‘yicha reja tasdiqlanmoqda. Toshkent shahrining bosh rejasini 2024 yilning yakuniga qadar ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!