2024 yil yo‘l haqqini virtual kartalar orqali to‘lash o‘tgan yildagi mos davriga nisbatan 5 barobarga oshdi

2024 yil yo‘l haqqini virtual kartalar orqali to‘lash o‘tgan yildagi mos davriga nisbatan 5 barobarga oshdi

Hozirgi kunda jami 156.1 ming virtual kartalar mobil ilova orqali yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalangan holda 1,22 million tranzaksiyalar amalga oshirildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida 51,4 mingta yangi virtual kartalar ochilgan bo‘lsa, 2023-yilning mos davri uchun ushbu ko‘rsatgich 29,5 mingtani tashkil etdi. ( +75%).
2024-yil yanvar-may oylarida virtual kartadan foydalanib 653,2 ming to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa, 2023-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 123,4 mingtani qayd qildi. (+422%)

Shuningdek, virtual kartalari orqali almashish tariflaridan foydalanib, yanvar-may oylarida 111 mln so‘m tejab qolingan. (Avtobusda 92,7 mln so‘m, metroda 18,3 mln so‘m)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!